Выберите язык

Mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xarid qilingan tovar va xizmatlar sifatini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Urganch tumanida yashovchi fuqaro A.A. tomonidan qilindi. Fuqaro Xiva tumanida joylashgan do‘kondan gaz plita xarid qilgan bo‘lib, ko‘p o‘tmay gaz plitada nosozliklar yuzaga kelganidan noroziligini bildirgan. Mazkur masalada o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Xiva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki tartibda murojaat qilgan.

Murojaat Xiva tuman jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida tadbirkor va mas’ullar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada xarid qilingan gaz plitaga tegishli tartibda servis xizmati ko‘rsatilishi ta’minlanib, iste’molchining huquqlari tiklandi va murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening