Выберите язык

Talabalar fikri va takliflarini o‘rganish, ta’lim xizmatlari sifatini baholash hamda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnomalar izchil davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, talabalarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada ta’lim muassasalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan oliy ta’lim sohasida iste’molchilarga, xususan, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur tadbirlar belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda ta’lim xizmatlari iste’molchilarining fikr-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan.
Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ishchi guruh tomonidan talabalar bilan muloqotlar tashkil etilib, ularning ta’lim jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mavjud masalalar yuzasidan fikrlari o‘rganilmoqda. So‘rovnomalar orqali talabalarni qiziqtirayotgan masalalar, ularning taklif va mulohazalarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy so‘rovnomalar iste’molchilarning fikrini o‘rganish, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga qaratilgan takliflarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday tadbirlar talabalarning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar belgilangan vazifalar doirasida izchil davom ettirilib, tegishli topshiriqlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kelgusida ham oliy ta’lim sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish, talabalar manfaatlarini himoya qilish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish ko‘zda tutilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening