Выберите язык

Mamlakatimizda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilib, har bir murojaat atroflicha o‘rganilmoqda va iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Samarqand viloyati Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Q. tomonidan kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro 2025-yil noyabr oyidan boshlab 2026-yil may oyiga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumanida "Hadiya Nur" davolanish markazidan “Gemapro” dori vositasini xarid qilib kelgani, biroq ushbu mahsulotdan kutilgan natijaga erisha olmaganligi sababli sarflagan mablag‘larini qaytarib olishda amaliy yordam so‘raganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Yunusobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida holat yuzasidan tegishli tomonlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, vaziyatning barcha jihatlari batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, iste’molchining huquqlari hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, fuqaro S.Q. tomonidan xarid qilingan “Gemapro” dori vositasi uchun to‘langan 5 000 000 (besh million) so‘m miqdoridagi pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Mazkur murojaatning ijobiy hal etilgani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlarning samaradorligini hamda murojaatlarni tezkor va adolatli ko'rib chiqish muhim ekanligini yana bir bor isbotladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening