Выберите язык

  Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro Z.X. tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilib, unda tuman markazidagi savdo do‘konidan xarid qilgan bolalar shimining sifatsiz chiqqanidan norozilik bildirgan.
Murojaatda ta'kidlanishicha, xarid qilingan mahsulot qisqa muddat foydalanilgandan so‘ng o‘z sifatini yo‘qotgan hamda iste'molchi kutgan talablarga javob bermagan.
  Mazkur murojaat Xatirchi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari va amaliy chora-tadbirlar natijasida iste'molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.
   Natijada, sifatsiz bolalar shimi sifatli va foydalanishga yaroqli mahsulotga almashtirib berildi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish va iste'molchilar huquqlarining tiklanishini ta'minlash borasidagi ishlarini davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening