Выберите язык

Mamlakatimizda fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Urganch shahar Aloqachi ko‘chasida yashovchi fuqaro G.X. tomonidan qilindi. Fuqaro shahardagi kiyim do‘konidan 235 000 (ikki yuz o'ttiz besh ming) so‘mga kiyim xarid qilgan bo‘lib, to‘lov jarayonida uning bank plastik kartasidan kelishilgan summadan 137 000 (bir yuz o'ttiz yetti ming) so‘m ortiqcha yechilganligini aniqlagan.
Holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan. Mazkur murojaat Urganch shahar jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.
Olib borilgan tushuntirish va amaliy sa’y-harakatlar natijasida savdo do‘koni xodimlari tomonidan xaridorning plastik kartasidan ortiqcha olingan 137 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening