Выберите язык

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2026-yil 15-sentyabrdagi 44-sonli buyrug‘i asosida respublikamizdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik monitoringi ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda, Beruniy tumanidagi "Sevinchoy" va boshqa bir qator oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Bog‘chaning qonun hujjatlari, litsenziyalari va ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalarning qonun talablariga to‘liq muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Bolalarning yosh xususiyatiga qarab sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ovqat tayyorlash sharoitlari va oshxona ta’minoti qat’iy nazoratdan o‘tkazildi.

O‘quv-tarbiya xonalari, oshxona, sanitar-texnik va gigiyena xonalari, xususan, yuvinish va dushxonalarning sanitariya talablariga javob berish holati o‘rganildi.

Bolalar salomatligini nazorat qiluvchi tibbiy hujjatlar, davolash xonasi va birinchi yordam dori vositalari ro‘yxati talablar asosida o‘rganildi.

Bu boradagi jamoatchilik nazorati bolalar huquqlarini himoya qilish, xizmat sifatini yaxshilash va belgilangan qonun talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening