Выберите язык

Bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda qonuniy haq huquqlarini tiklash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Urganch shahar Xonqa ko‘chasida yashovchi fuqaro S.A. tomonidan qilindi. Fuqaro Urganch shahridagi optikadan 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘mga eshitish apparatini xarid qilgan. Biroq mahsulot sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘lib, u ikki kundan so‘ng uni qaytarib bergan. Afsuski, savdo do‘koni mas’ullari iste’molchining pulini qaytarishdan bosh tortishgan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilgan. Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan qisqa fursatlarda o‘rganib chiqildi. Tadbirkorga amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari tushuntirildi.

Olib borilgan amaliy sa’y-harakatlar natijasida iste’molchining xarid uchun to‘lagan 1 200 000 so‘m puli to‘liq holda o‘ziga qaytarilishi ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening