Выберите язык

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga fuqaro Q.D. tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.

Murojaatda iste’molchi “Uztelekom” kompaniyasiga internet xizmatidan foydalanish uchun 120 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirganini, biroq shundan so‘ng internet xizmati bir oy muddatga o‘chirib qo‘yilganini bildirgan. Shuningdek, iste’molchining ma’lum qilishicha, kompaniya tomonidan uning mobil tarif rejasi o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, avval amalga oshirilgan 120 000 so‘m to‘lov yangi tarifga o‘tkazilmagan hamda mablag‘ qaytarib berilmagan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.

Murojaat Toshkent viloyati hududiy birlashmasining Bo‘stonliq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Muammoni ijobiy hal etish maqsadida murojaat “Uztelekom” AK rahbariyatiga yuborildi hamda kompaniya mutasaddilari bilan hamkorlikda atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida iste’molchining murojaatida keltirilgan holatlar asosli ekani aniqlanib, masalani tezkor bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada “Uztelekom” AK Chirchiq filiali xodimlari tomonidan iste’molchining hisob raqami qayta tiklandi hamda avval to‘langan 120 000 so‘m pul mablag‘i fuqaro hisobiga qaytarib berildi.

Mazkur murojaatning ijobiy hal etilishi iste’molchilarning telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishdagi huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga tezkor va qonuniy yechim topishda olib borilayotgan samarali ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda iste’molchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening