O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga Denov tumanida yashovchi fuqaro X.N. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda fuqaro Denov tumani hududida joylashgan mebel savdo do‘konidan oshxona mebeli xarid qilgani, biroq mahsulot sifati bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganligi sababli amaliy yordam so‘ralgan. Mazkur murojaat Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatchi hamda savdo do‘koni vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, holat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlik subyektiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari, xususan, iste’molchiga sifatli mahsulot yetkazib berish, mahsulotdagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda iste’molchining qonuniy talablarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tushuntirish berildi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida fuqaro X.N.ning murojaati ijobiy hal etilib, mebel mahsuloti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi ya'ni oshxona mebeli eshiklari yangisiga almashtirib berildi.
Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mebel sifati yuzasidan murojaat ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13
























