Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik asosida sinchkovlik bilan o‘rganilib, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi qisqa ishonch telefoni 1091 orqali fuqaro F.K.ning murojaati kelib tushdi. Murojaatga ko'ra, iste'molchi "Dinamo" savdo do'konidan kafolat xati bilan samokat harid qilganligini ammo samokat buzilib qolganligi sababli do'konga olib borgan va tuzatib berishlari uchun qoldirganligini hamda ikki hafta ichida tuzatib berilmaganidan norozilik bildirib pul mablag'larini qaytarishda amaliy yordam so'ragan.
Mazkur murojaat O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar Yunusobod tumani jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganilib, “Dinamo” do‘koni rahbariyati bilan masalani ijobiy hal etish yuzasidan uchrashuvlar o'tkazilib, amaldagi qonunchilik talablariga mos ravishda tushuntirish ishlari olib borildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iste’molchining talabi qanoatlantirilishiga jumladan, tadbirkor tomonidan fuqaro F.K. foydasiga 470 AQSH dollari, ya’ni 5 million 640 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘liq qaytarilishiga erishildi.
Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi: 5 million 640 ming so‘m mablag‘ qaytarildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 22
























