O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga Termiz tumanida yashovchi fuqaro N.M. tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro xonadonida foydalaniladigan suyultirilgan gaz ballonlari uzoq vaqtdan buyon yetkazib berilmayotganidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, mas’ul tashkilot vakillari bilan hamkorlikda holatga aniqlik kiritildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash hamda murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroning xonadoniga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Mazkur holat aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilarga amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati
























