Выберите язык

Xorazm viloyati Xonqa tumani Nurobod mahallasida yashovchi R.R ismli fuqaro tomonidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi. 

Murojaatda iste'molchi Xonqa tumani Fidoyilar  mahallasida joylashgan "B.T.H" do'konidan 2024-yil 20-aprel kuni narxi 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so'm turadigan "Infinix smart 8" telefonini xarid qilgan ammo telefonning IMEIkasi klon holatda sotilganligini va zarur xizmat ko'rsatilmaganligini  hamda bu holatdan norozi ekanligini ko'rsatib o'tgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda ro'yxatga olinib, Xonqa tuman jamiayti xodimlari tomonidan atroflicha o'rganildi. O'rganish natijalariga ko'ra iste'molchining telefon apparati yangisiga almashtirilib ijobiy hal qilindi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari qonuniy himoya qilish ishlari izchil davom etmoqda. Har bir iste'molchining huquqi qonun himoyasida hamda qonun doirasida ko'rib chiqilmoqda

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening