Выберите язык

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor va adolatli hal etish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlar asosida fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi fuqaro Alijon Valijonov tomonidan yo‘llandi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Marhamat tumanida faoliyat yurituvchi “Imkon” maishiy texnika savdo do‘konidan 12 oylik muddatli to‘lov asosida 16 million 880 ming so‘m qiymatdagi elektr skuter xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish boshlanganidan 15 kun o‘tib, uning motor qismidan yog‘ sizib chiqishi, o‘qining qiyshayishi hamda boshqa texnik nosozliklar yuzaga kelishi oqibatida undan foydalanishning imkoni qolmagan.

Iste’molchi ushbu muammo savdo do‘koni vakillariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, nosoz mahsulotni almashtirish yoki unga texnik xizmat ko‘rsatish masalasida amaliy yordam ko‘rsatilmagan.

Murojaat O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Marhamat tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida elektr skuterdagi nuqsonlar tasdiqlanib, undan foydalanish imkoniyati cheklangani aniqlandi.

Shundan so‘ng savdo do‘koni rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini tiklash choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.Ko‘rilgan choralar natijasida murojaatchining muammosi ijobiy hal etilib, nosoz elektr skuterga zarur texnik xizmat ko‘rsatildi va uning foydalanish holati tiklandi.

Natijada fuqaroning qariyb 20 million so‘mlik mulkiy manfaatlari himoya qilinib, buzilgan iste’molchi huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening