Выберите язык

📢 Iste’molchining murojaati o‘rganilib, muammo bartaraf etildi
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro E.M. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro murojaatida savdo shoxobchasidan xarid qilgan gaz plitasi nosoz holatda chiqqani, shuningdek, nosozlik yuzasidan murojaat qilganiga qaramay, unga belgilangan tartibda servis xizmati ko‘rsatilmaganidan norozi ekanligini bildirgan.
Mazkur murojaat Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Mas’ul tashkilot bilan bog‘lanilib, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘rganishlar natijasida iste’molchiga gaz plitasi bo‘yicha servis xizmati ko‘rsatildi va murojaatda ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etildi.
📌 Natijada iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.
Iste’molchilar huquqlari buzilgan holatlarda o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening