Выберите язык

DAVLAT TILI — HAR BIR PESHLAVHA VA YOZUVDA AKS ETISHI KERAK

Samarqand tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanidagi restoran, oshxona va kafelarda davlat tilidan foydalanish holati, xususan, peshlavha, e’lon, reklama, taomnoma (menyu) va boshqa yozuvlarning amaldagi til me’yorlariga muvofiqligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganishlar davomida ayrim umumiy ovqatlanish shoxobchalarida davlat tili talablariga to‘liq rioya etilmayotgani, ayrim yozuv va taomnomalarda kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, peshlavha, reklama va taomnomalarni davlat tili me’yorlari asosida tartibga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ogohlantirishlar berildi.

Davlat tili — milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimiz ifodasidir. Uni hurmat qilish va amalda qo‘llash har birimizning burchimizdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening