Выберите язык

Iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi

Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro Namangan shahar Navoiy ko‘chasida joylashgan jalyuzi ulgurji xizmat ko‘rsatish korxonasiga 10 ta derazaga bambuk jalyuzi hamda bitta ichki deraza va eshikka jalyuzi o‘rnatib berish uchun
7 040 000 so‘m naqd pul to‘lagani, biroq buyurtma o‘z vaqtida bajarilmagani va bir necha bor murojaat qilganiga qaramay, to‘langan pul mablag‘i qaytarilmaganidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Namangan shahar jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi. Jamiyat aralashuvi bilan
2026-yil 16-may kuni korxona mas’ullari tomonidan fuqaroning buyurtmasi to‘liq bajarilib, to‘langan 7 040 000 so‘m mablag‘ evaziga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening