Выберите язык

1091 ORQALI KELIB TUSHGAN MUROJAAT

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa telefon raqami orqali Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro Namangan shahar “
Sardoba” bozorida joylashgan do‘konidan 430 000 so‘mga kiyim xarid qilgani, biroq mahsulot ma’qul kelmagani sababli uni do‘konga qaytargani, ammo to‘langan mablag‘ qaytarib berilmayotganidan norozi ekanini bildirgan.

Mazkur murojaat Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida jamiyat aralashuvi bilan do‘kon mas’ul xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchi tomonidan to‘langan
430 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilib, uning plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening