Выберите язык

Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Tog‘chi” mahallasida yashovchi fuqaro N.H. tomonidan maishiy texnika mahsuloti yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro Boysun tumani “At-Termiziy” ko‘chasida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 7 300 000 so‘mga “Artel” kir yuvish mashinasi xarid qilgani, biroq mahsulot yuzasidan muammo yuzaga kelganligi sababli amaliy yordam so‘ralgan.

Mazkur murojaat Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida do‘kon ma’muriyatiga   “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari tushuntirildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro N.H. tomonidan xarid qilingan mahsulot uchun to‘langan 7 300 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib olinishi ta’minlandi.

Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening