Выберите язык

Termiz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro N.A. tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda fuqaro joriy yilning 22-mart kuni tikuv mashinasi xarid qilganligi, biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida unda texnik nosozliklar aniqlanganini bildirgan.

Murojaatchining ta’kidlashicha, mahsulot sifatsiz bo‘lgani sababli uni sotuvchiga qaytarib topshirgan, ammo to‘langan pul mablag‘ini qaytarish masalasi hal etilmagan.

Mazkur murojaat yuzasidan Termiz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Holat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi hamda 1 million 400 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening