Выберите язык

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Federatsiya tomonidan iste’molchilarning murojaatlari doimiy ravishda o‘rganilib, ularning muammolariga amaliy yechim topish choralari ko‘rilmoqda.
O'zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch telefoni orqali fuqaro M.A. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro Toshkent viloyatida joylashgan Amirsoy dam olish maskanida 33 kun davomida hordiq chiqarish maqsadida 2026-yil may oyida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Amirsoy” MCHJning savdo bo‘limiga 38 000 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirganligini ma’lum qilgan. Biroq keyinchalik yuzaga kelgan holatlar sababli xizmatdan foydalanish imkoniyati bo‘lmaganligi bois, fuqaro shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish yuzasidan korxonaga murojaat qilgan.
Fuqaroning ta’kidlashicha, u tomonidan iyun oyida mablag‘ni qaytarish bo‘yicha tegishli murojaat yuborilgan bo‘lsa-da, oradan ma’lum vaqt o‘tganiga qaramay, to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmagan. Mazkur holat iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib, u o‘z huquqlarini tiklash maqsadida Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Kelib tushgan murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tarkibidagi Yunusobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar atroflicha tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik normalari tushuntirilib, masalani sudgacha hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Olib borilgan sa’y-harakatlar va amaliy ishlar natijasida murojaat ijobiy hal etildi. Natijada fuqaro M.A.ning qonuniy talabi qanoatlantirilib, unga 38 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
Federatsiya tizimi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening