Iste’molçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning kundalik hayotida duç kelayotgan muammolariga amaliy yeçim topiş hamda buzilgan huquqlarini tiklaş Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biridir.
Bu borada fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarni öz vaqtida örganiş, mavjud muammolarni qonunçilik talablari asosida hal etiş hamda iste’molçilarning manfaatlarini ta’minlaş yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda.
Xususan, Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining Toşkent şahar Mirobod tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga fuqaro T. M. tomonidan murojaat kelib tuşgan. Fuqaro öz murojaatida nogironlar aravaçasini xarid qiliş uçun 4 million 400 ming söm mablağ tölaganini, biroq xarid qilingan mahsulot talablariga mos kelmagani sababli uni sotuvçiga qaytarganini bildirgan. Şunga qaramay, mahsulot uçun tölangan pul mablağini qaytarib oliş jarayonida muammoga duç kelganini ma’lum qilib, uşbu masalada amaliy yordam söragan.
Mazkur murojaat Mirobod tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan atrofliça örganildi. Örganiş davomida iste’molçining vajlari va mavjud holatga e’tibor qaratilib, uning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklaş maqsadida tegişli tartibda işlar olib borildi. Şuningdek, mas’ul tomonlar bilan muzokaralar va tuşuntiriş işlari taşkil etilib, muammoni ijobiy hal etiş yuzasidan zarur çoralar körildi.
amaliy çoralar öz samarasini berdi. Natijada, 2026-yil 3-noyabr kuni fuqaroning nogironlar aravaçasi uçun tölangan 4 million 400 ming söm mablağ töliq qaytarib berildi. Şu tariqa, iste’molçining murojaati ijobiy hal etilib, uning buzilgan huquqlari tiklandi.
Mazkur holat iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş borasida olib borilayotgan işlarning amaliy natijasidir. Zero, har bir murojaat ortida insonning qonuniy manfaati, işonçi va hal etilişi lozim bölgan muammosi turadi.
Iste’molçining buzilgan huquqi tiklandi: 4 million 400 ming söm mablağ qaytarildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 69
























