Bankomat orqali naqd pul yechishda yuzaga kelgan texnik nosozlik iste’molchini ovora qildi. Biroq uning murojaati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ko‘magida ijobiy hal etildi.
🔹 Fuqaro X.S. 2026-yil 29-oktabr kuni Navoiy shahrida joylashgan bankomat orqali o‘z mablag‘larini naqdlashtirishga uringan. Ammo bankomatdagi texnik nosozlik sababli 300 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini ololmagan.
Shundan so‘ng fuqaro mazkur bankka bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammoni hal etishda qiyinchiliklarga duch kelgan.
⚖️ Oxir-oqibat, fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.
🤝 Murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, masalaning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅ Natijada fuqaroning bankomat orqali yechilmay qolgan 300 000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
📌 Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
Unutmang! Agar bank yoki boshqa xizmatlardan foydalanishda muammoga duch kelsangiz, o‘z huquqlaringizni talab qiling. 1091 — iste’molchilar murojaatlari uchun ishonch telefoni.
NOSOZ BANKOMAT TUFAYLI YECHILMAGAN 300 MING SO‘M FUQAROGA QAYTARILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 329
























