Выберите язык

   O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Uchquduq tuman jamiyati tomonidan aholi va mehnat jamoalari o‘rtasida Federatsiya a’zoligiga jalb etish hamda iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔹 Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli 3-gidrometallurgiya zavodida (GMZ-3) tashkil etildi.
Tadbir davomida ishchi-xodimlarga Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
⚖️ Shuningdek, Federatsiya a’zoligining afzalliklari, a’zolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish va ulardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — mehnat jamoalari o‘rtasida iste’molchilar huquqlariga oid bilimlarni keng targ‘ib qilish, Federatsiya a’zolari safini kengaytirish hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
🤝 Bunday ma’rifiy uchrashuvlar iste’molchilarning huquqiy xabardorligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va jamoatchilik faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening