Выберите язык

Yevropa davlatlari taomlarini mahalliy sharoitda tayyorlash, qadoqlash, saqlash hamda realizatsiya qilish yurtimizda keng qamrovda amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlariga qo’yilgan jiddiy talablar esa asosan saqlash sharoitlariga borib taqaladi.

Iste’molchi M.R Buxoro shahrida “O ***” supermarketidan 6 dona sendvich mahsulotini xarid qilgan. Iste’mol qilish jarayonida mahsulot sifati buzilganligini payqagan. Bu mahsulot savdo vitrinasida ko’pligini payqab, boshqa fuqarolar zararlanmasligi uchun Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan supermarket mas’ullariga zaruriy tushuntirishlar berilgach, iste’molga yaroqsiz sendvichlar ixtiyoriy tartibda utilizatsiya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening