Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasiga ko’ra iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida (sotuvchi bundan uzoqroq muddat belgilamagan bo‘lsa) uni ayni shunday tovarga almashtirishga haqli.

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro T.I “I ***” diskontidan 20 900 000 so’m evaziga smartfon xarid qilgan. Kelasi kuni mahsulot qadog’ini buzmagan holda savdo do’koni xodimlaridan boshqa mahsulotga almashtirib berishlarini so’ragan.

Savdo do’koni xodimlari rad javobi bergach, amaliy yordam so’rab Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan iste’molchining huquqi to’liq tiklanib, smartfon savdo do’koniga qaytarildi va qiymatiga mos mahsulotlar topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening