Выберите язык

Iste’molchilarga sifatli va xavfsizlik talablariga javob beradigan tovarlarni taqdim etish sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning asosiy majburiyatlaridan biridir. Xarid qilingan mahsulotning sifati talab darajasida bo‘lmagan taqdirda esa iste’molchi qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishga haqli.

Jalaquduq tumani, “Qo‘shtepa”MFYda yashovchi fuqaro U.Saidov Andijon shahridagi ehtiyot qismlar bozoridan avtomobili uchun akkumulyator xarid qilgan. Biroq xariddan so‘ng mahsulotning nosozligi aniqlanganligi sababli fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 Ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat asosida Andijon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, tegishli savdo nuqtasiga chiqildi. Sotuvchiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 13, 14 va 15-moddalari talablari tushuntirildi.

O‘tkazilgan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida sotuvchi tomonidan iste’molchining talabi qanoatlantirilib, nosoz akkumulyator yangisiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening