Выберите язык

Jomboy tumanida iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
Jomboy tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Tayloq tumanida yashovchi fuqaro S.H. tomonidan ariza bilan murojaat qilindi.
Fuqaro S.H. “Ishonch” do‘konidan bo‘lib to‘lash sharti asosida mobil telefon xarid qilgan. Xarid qilingan telefon nosoz holatda chiqqanligi sababli uni do‘konga qaytarib berish va to‘langan mablag‘larini qaytarishni so‘ragan. Biroq do‘kon xodimlari tomonidan fuqaroning murojaatiga yetarli e’tibor qaratilmagan.
Shundan so‘ng fuqaro S.H. Jomboy tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, iste’molchining qonuniy huquqlari tushuntirildi. O‘rganish natijasida xarid qilingan telefon uchun to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarib berildi hamda 15 000 000 so‘mlik bo‘lib to‘lash shartnomasi bekor qilindi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening