Выберите язык

⚖️Q.D.ning murojaati ijobiy hal etildi

✅Q.D.ning murojaatida Bulung‘ur tumani Kiyim bozoriga qarashli savdo do‘konidan 700 000 so‘mga bolalar maktab formasi uchun mato xarid qilgani, biroq xarid qilingan matoning sifati talabga javob bermaganligi sababli uni savdo do‘koniga qaytarib olib borganida sotuvchi tomonidan qabul qilib olinmagani yuzasidan murojaat qilgan.
Ushbu murojaat Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida savdo do‘koni sotuvchisiga iste’molchilarning huquqlari va amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Natijada sotuvchi tomonidan bolalar maktab formasi uchun xarid qilingan mato qaytarib olinib, iste’molchiga 700 000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi. Murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening