Выберите язык

"Yangi Namangan tumanida targ‘ibot va davra suhbati tashkil etildi”

Yangi Namangan tumanidagi 65-sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot-tushuntirish ishlari doirasida davra suhbati o‘tkazildi
💠Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Xususan, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchi huquqlari buzilgan holatlarda murojaat qilish tartibi, o‘z huquqlarini qonuniy himoya qilish yo‘llari hamda tegishli tashkilotlarga murojaat etish imkoniyatlari tushuntirildi. Shuningdek, iste’molchi sifatida muammolar yuzaga kelgan taqdirda 1091 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, amaliy misollar asosida zarur tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir o‘zaro fikr almashish, savol-javob va ochiq muloqot ruhida mazmunli o‘tkazildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening