Выберите язык

Narpay tumanida dorixonada o‘rganish ishlari olib borildi
 Samarqand viloyati Narpay tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan Narpay tumani hududida joylashgan Salovat MFYdagi dorixonada o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida dorixonada saqlanayotgan dori vositalari va boshqa mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda saqlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida yaroqlilik muddati o‘tgan va foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlar mavjudligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi hamda yaroqsiz mahsulotlarning iste’molchilarga realizatsiya qilinishining oldi olindi.
Mazkur o‘rganish ishlari iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening