Выберите язык

ISTE’MOLCHI SIFATIDA O‘Z HUQUQINGIZNI BILASIZMI?” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2026-yil 21-sentabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari hamda Kattaqo‘rg‘on tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi ishchi xodimlari ishtirokida “Iste’molchi sifatida o‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida ishtirokchilarga iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonida iste’molchilarga berilgan huquqlar, sifatli va xavfsiz mahsulotlardan foydalanish, xarid qilingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat yuzasidan e’tiroz va murojaatlarni bildirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, iste’molchilarning huquqlari buzilgan holatlarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan turli savollar berildi. Berilgan savollarga Kattaqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimi B. Djаmolov tomonidan atroflicha va tushunarli tarzda javoblar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lib, iste’molchi sifatidagi huquq va majburiyatlarini bilish hamda ularni amaliyotda qo‘llash muhim ekanligi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening