DORIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Samarqand shahar Ota Xo‘jayev (Lev Tolstoy) ko‘chasi, 61-uy manzilida faoliyat yuritayotgan “Farmadok Diabet” MCHJga qarashli dorixonada Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishdan asosiy maqsad — dorixona faoliyatida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, dori vositalari hamda tibbiy mahsulotlarning belgilangan talablar asosida saqlanishi va realizatsiya qilinishini, mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda narxlarining to‘g‘ri ko‘rsatilganligini o‘rganishdan iborat.
Shuningdek, o‘rganish davomida iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, xaridorlarga zarur ma’lumotlarning taqdim etilishi, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarning mavjudligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Mazkur o‘rganish ishlari iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
DORIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 46
























