Norin tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Norin tuman Madaniyat markazi hamda Suv ta’minoti xodimlari ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlari, ularni himoya qilishning qonuniy asoslari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, savdo, xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar hamda boshqa sohalarda iste’molchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlar yuzasidan fikr almashildi. Mahsulot yoki xizmat sifati talab darajasida bo‘lmagan, iste’molchining qonuniy huquqlari buzilgan holatlarda qanday tartibda murojaat qilish lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, iste’molchi sifatida turli muammolar yuzaga kelgan taqdirda 1091 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkinligi alohida ta’kidlandi. Mazkur qisqa raqam orqali fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, tegishli maslahat va tushuntirishlar olishlari mumkinligi ma’lum qilindi. Davra suhbatida iste’molchilarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, o‘z haq-huquqlarini bilishi va ularni qonuniy tartibda himoya qilishi muhim ekanligi qayd etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy misollar asosida tavsiyalar taqdim etildi. Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati ochiq muloqot, o‘zaro fikr almashish va savol-javoblar asosida mazmunli ruhda o‘tkazildi.
Norin tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 15
























