Выберите язык

Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman hokimi tasdiqlagan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, hududdagi umumta’lim maktablarida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholash, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim olishini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berishdan iborat.

O‘rganishlar davomida maktab binolari va sinfxonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ichimlik suvi ta’minoti, isitish va yoritish tizimlarining ishlashi, sport zallari, oshxonalar, tibbiyot xonalari hamda sanitariya shoxobchalarining holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, maktab oshxonalarida tayyorlanayotgan taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlanish sharoitlari, narx-navoning belgilangan tartibda ko‘rsatilishi, o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ham o‘rganilmoqda.

Jarayon davomida maktab rahbariyati, pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif hamda mulohazalari tinglanmoqda. Aniqlangan holatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening