Выберите язык

Kafeda ovqatlandingiz. Hisob keldi. Taomlar narxi — 200 ming so‘m. Ammo hisobda yana 10 foiz «xizmat haqi» qo‘shilibdi.

Bu to‘lovni albatta to‘lash kerakmi?

Javobni bilish uchun eng muhimi — xizmat haqi borligi va uning miqdori iste’molchiga oldindan ma’lum qilinganmi yoki yo‘qmi.

Kafe yoki restoranda xizmat haqi belgilangan bo‘lishi mumkin. Ammo iste’molchi xizmat ko‘rsatish shartlari, jumladan, qo‘shimcha xizmat haqi haqida oldindan, aniq va tushunarli ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.

Yana bir muhim jihat: ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq undirish mumkin emas.

Shuning uchun kafe yoki restoranda:

- menyuni diqqat bilan o‘qing;
- xizmat haqi bor-yo‘qligini oldindan aniqlang;
- uning miqdorini bilib oling;
- hisob kelganda barcha to‘lovlarni tekshiring;
- tushunarsiz yoki qo‘shimcha summa bo‘lsa, mas’ul xodimdan izoh so‘rang.

Esda tuting: «Xizmat haqi umuman bo‘lmaydi» degan qarash ham, «kafe xohlagancha xizmat haqi qo‘shishi mumkin» degan tushuncha ham to‘g‘ri emas.

Iste’molchi uchun eng muhim qoida:

«Avval shartni bil — keyin buyurtma qil!»

Videoni 🟥Youtube kanalimizda tomosha qiling

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening