Выберите язык

Avtomobil uchun xarid qilingan akkumulyator qisqa muddatda ishdan chiqsa, bu iste’molchi uchun nafaqat noqulaylik, balki qo‘shimcha xarajat va muammo ham demakdir. Baliqchi tumanida esa bunday vaziyat iste’molchining murojaati asosida ijobiy yakun topdi.

Andijon viloyati, Baliqchi tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro S.S. tuman markazidagi xususiy tadbirkor “A.M.”ga tegishli avto ehtiyot qismlar do‘konidan avtomashinasi uchun 1 million so‘mga akkumulyator xarid qilgan.

Biroq mahsulot qisqa muddat ichida ishdan chiqib, kafolat muddati davomida foydalanishga yaroqsiz holga kelgan. Iste’molchi sotuvchiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, akkumulyator almashtirib berilmagan va to‘langan mablag‘ qaytarilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro Baliqchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, fuqaro va sotuvchi ishtirokida vaziyatga oydinlik kiritildi. Yakunda iste’molchining talabi inobatga olinib, avval xarid qilingan akkumulyator qiymatiga qo‘shimcha to‘lov evaziga boshqa turdagi, sifatli akkumulyator olib berildi.

Natija — iste’molchi huquqi ta’minlandi, muammoga amaliy yechim topildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening