Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, xarid qilingan tovarning texnik jihatdan talabga javob bermasligi iste’molchining qonuniy huquqlarini ta’minlashni talab etadi.
Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro “Ishonch” maishiy texnika do‘konidan muddatli to‘lov asosida “PREMER” rusumli muzlatgich xarid qilgan. Mahsulot xonadonga o‘rnatilgach, muzlatgichning yuqori qismida texnik nosozlik mavjudligi aniqlangan.
Iste’molchi aniqlangan nosozlikni bartaraf etish maqsadida sotuvchiga murojaat qilgan. Biroq muammo ijobiy hal etilmagach, fuqaro o‘zining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘rab Baliqchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat Jamiyat xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Jamiyatning amaliy ko‘magi natijasida iste’molchi va sotuvchi o‘rtasidagi masala qonuniy tartibda ijobiy hal etildi.
Jumladan, muzlatgichni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinib, iste’molchiga to‘langan 3 520 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarildi.
Mazkur holat iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifati yoki texnik holati talabga javob bermaydigan tovarlar yuzasidan kelib chiqadigan muammolarni qonuniy tartibda hal etish muhimligini ko‘rsatadi.