Выберите язык

📌 Karmana tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
🔹 Jumladan, 2026-yil 1-avgust kuni Karmana tumanidagi obodonlashtirish xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati hamda a’zolikning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.
👥 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda Federatsiya faoliyatiga katta qiziqish bildirdilar.
✅ Tadbir yakunida o‘nlab obodonlashtirish xodimlari O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
🤝 Karmana tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda Federatsiya a’zolari safini kengaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening