Выберите язык

  📌 2026-yil 28-iyul kuni Zarafshon tumanlararo sudining ochiq sud majlisida Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining fuqaro T.A. manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kiritgan da’vo arizasi ko‘rib chiqildi.
  🔹 Aniqlanishicha, fuqaro va quruvchi MChJ o‘rtasida 2026-yil 2-fevral kuni tuzilgan 230 million so‘mlik uy-joy shartnomasi bekor qilingan. Biroq shartnoma bekor qilinganiga qaramay, quruvchi MChJ tomonidan iste’molchi uy uchun to‘lagan pul mablag‘i o‘z vaqtida qaytarilmagan.
  ⚖️ Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.
  ✅ Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, quruvchi MChJ zimmasiga fuqaro tomonidan to‘langan 230 million so‘m mablag‘ni 15 kun muddat ichida qaytarish majburiyati yuklatildi.
🤝 Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini tiklash va adolatni ta’minlash yo‘lida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening