Выберите язык

⚡️ Kasbi tumanida chiqindi muammosi qonuniy yoʻl bilan fuqaro foydasiga hal etildi 

🚮 Bugungi kunda elektr, gaz, suv va chiqindi tashish kabi kommunal xizmatlar har bir isteʼmolchining kundalik hayotida muhim o‘rin tutadi. Biroq ayrim hollarda fuqarolar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga murojaat qilganda muammolarga duch kelishadi.

📍Qashqadaryo viloyati

📄 Murojaatda bayon etilishicha, Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Z. "Kasbi EKO Hayot" MChJ ustidan Kasbi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. "Kasbi EKO Hayot" MChJ tomonidan chiqindilar o'z vaqtida olib ketilmaganligi aniqlandi. 

✅ Mazkur holat yuzasidan tuman jamiyati xodimlari tomonidan MChJga hamda iste'molchiga o'z huquqlari tushuntirib oʻtilidi va iste'molchi xonadonidan chiqindilar olib ketilishi ta'minlandi.

❗️Hurmatli isteʼmolchilar! Agar xizmat ko‘rsatishda muammo yuzaga kelsa, 1091 qisqa raqamiga murojaat qiling. Har bir murojaatingiz qonuniy asosda ko‘rib chiqiladi va huquqlaringiz himoya qilinadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening