Выберите язык

⚡️Qarshi shahrida nosoz tok kuchaytirgich muammosi bilan kelgan fuqaro murojaati ijobiy yakun topdi 

Yozning issiq kunlarida yoki qishning sovuq kechalarida elektr toki keskin o‘zgarganda, maishiy texnikamizni himoya qiladigan eng ishonchli yordamchimiz — tok kuchaytirgichdir.

📍 Qashqadaryo viloyati

📄 Murojaatda aks etilishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro R.H shaharda joylashgan "Farhod" bozoridagi doʻkonlarning biridan 3 100 000 soʻm naqd pul evaziga tok kuchaytirgich xarid qilgan.

🤷‍♂ Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, tok kuchaytirgich nosoz holga kelib, ishlamay qolgan. Isteʼmolchi apparatni nosozligini aytish maqsadida savdo doʻkoni rahbariga murojaat qilib borganida doʻkon xodimlari  va rahbari tinglashni ham istamay, bepisandlik qilishgan. 

📑 Shundan soʻng isteʼmolchi Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

✅ Shahar jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganilib, doʻkon rahbari aybi asosli deb topildi.

💵 Natijada, nosoz tok kuchaytirgich uchun toʻlangan 3 100 000 soʻm pul miqdori isteʼmolchiga toʻliqligicha naqd holda qaytarib berildi.

⚖️ Har bir isteʼmolchi sifatli mahsulot sotib olishga haqli. Agar nuqsonli tovar sotilgan boʻlsa, uni almashtirish yoki pulini qaytarish — sotuvchining qonuniy majburiyatidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening