Выберите язык

⚡️ Yakkabog‘ tumanida salkam 4 000 000 soʻmlik nosoz kir mashina yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Kir yuvish mashinasi zamonaviy xonadonning eng muhim yordamchisi bo‘lib, kirlarni samarali tozalash va quritish orqali kundalik yumushlaringizni sezilarli darajada yengillashtiradi.

📍Qashqadaryo viloyati

📄 Shunday murojaatlardan biri, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro S. Y. tuman markazida joylashgan “QULAY” savdo do‘konidan 3 800 000 so‘m naqd pul evaziga “PREMIER” rusumli avtomat kir yuvish mashinasini xarid qilgan.

🤷‍♀ Oradan bir necha kun vaqt oʻtib, mashina ishlamay qolgan. Iste’molchi do‘konga murojaat qilganida, savdo doʻkoni xodimlari va rahbari masalani hal qilishdan bosh tortgan.

📑 Boʻlib oʻtgan holatdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Yakkabog‘ tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan murojaat o‘rganib, savdo do‘koni bilan muzokara olib borildi.

✅ Natijada, iste’molchiga nosoz “PREMIER” rusumli kir yuvish mashinasi oʻrniga yangi “LG” rusumli avtomat kir yuvish mashinasiga almashtirib berildi.

⚖️ Sifatli mahsulot olish — har bir fuqaroning huquqi. Nuqsonli tovar sotilgan taqdirda uni almashtirish yoki pulini qaytarish sotuvchining majburiyatidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening