Выберите язык

KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasida jamoatchilik nazorati asosida kuzatuv-o‘rganish tadbiri amalga oshirildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, iste'molchilar huquqlariga oid axborotlarning joylashtirilishi, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasasida sanitariya-gigiyena holati, navbatlarni tashkil etish, axborot burchaklari va xizmat ko‘rsatish sifati ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarga sifatli va qonuniy tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta'minlash hamda iste'molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishdan iborat.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening