Выберите язык

   2026-yil 12-iyun kuni Gulobod MFYda yashovchi fuqaro Baxtiyorova Moxigul O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram boti orqali yozma murojaat yo‘lladi.
🔹 Murojaat mazmuni
Fuqaro murojaatida onlayn internet-do‘kondan 45 000 so‘mlik mahsulot buyurtma qilgani, biroq buyurtma yetkazib berilmagani hamda aldanganidan norozi ekanini ma’lum qilgan.
🔹 Murojaat o‘rganildi
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida internet-do‘kon rahbari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari yuzasidan tegishli izohlar berildi.
✅ Natija
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning 45 000 so‘m mablag‘i shaxsiy bank kartasiga qaytarib o‘tkazildi va murojaat ijobiy hal etildi.
⚖️ Eslatma
Hurmatli iste’molchilar! Agar kelgusida iste’molchilik huquqlaringiz buzilsa, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy jamiyatlariga murojaat qilishingiz, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sud orqali o‘z huquqlaringizni himoya qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening