Выберите язык

UZTELECOM INTERNETI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.A. tomonidan 1091 ishonch telefoni orqali murojaat arizasi kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi xonadonida foydalanilayotgan Uztelecom internet xizmati qariyb 2 oy davomida sifatsiz ishlayotgani, internet tezligi pastligi hamda uzilishlar kuzatilayotganini bildirgan. Shuningdek, iste’molchi bu masala yuzasidan Uztelecom tashkilotiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmaganidan norozi ekanini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan tegishli tashkilot bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida Uztelecom internet xizmatidagi nosozliklar bartaraf etilib, internet tarmog‘ining sifatli va barqaror ishlashi ta’minlandi.
Iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening