Выберите язык

Kattaqo‘rg‘on tumanida davlat tiliga e’tibor qaratilmoqda
Davlat tiliga hurmat — uning nufuzini oshirish, kundalik hayotimizda va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashdan boshlanadi.
Kattaqo‘rg‘on tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan davlat tilining amaldagi qo‘llanilishini yanada yaxshilash maqsadida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida umumiy ovqatlanish maskanlaridagi taomnomalar, yozuv va axborotlarning davlat tilida rasmiylashtirilishi hamda adabiy til me’yorlariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, taomnomalarni davlat tilida savodli va to‘g‘ri shaklda rasmiylashtirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirlar xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, aholiga taqdim etilayotgan axborotlarning tushunarli va savodli bo‘lishini ta’minlash hamda davlat tilidan to‘g‘ri foydalanishga ko‘maklashishga qaratilgan.
Zero, ko‘cha-kuydagi yozuvlardan tortib, taomnomalargacha bo‘lgan har bir so‘z davlat tiliga bo‘lgan munosabatimizni aks ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening