Выберите язык

⚡️ Kitob tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi  

🧊 Yozning jazirama kunlarida sovutkich oziq-ovqatlarimizni uzoq vaqt yangi saqlash va ichimliklarni muzdek sovitib berish kabi juda foydali vazifalarni bajaradi.

📍 Qashqadaro viloyati

📄 Maʼlum etilishicha, Yakkabog' tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro V. N. Kitob tumanida joylashgan "Idea" savdo do'konidan  14 970 000 soʻm naqd pul evaziga 
muzlatgich xarid qilgan.

🤷‍♀ Oradan hech qancha vaqt o'tmay turib, muzlatgich nosoz holatga kelib ishlamay qolgan. Iste'molchi savdo do'koni xodimlariga bo'lib o'tgan holatni aytish uchun borganida doʻkon xodimlari va rahbari isteʼmolchiga bepisandlik bilan eshitishni ham istamagan. 

📑 Boʻlib oʻtgan voqelikdan koʻngli toʻlmagan fuqaro Kitob tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

💯 Tuman jamiyati mutaxassislari masalani qonun doirasida o‘rganib chiqishdi va iste’molchi murojaati asosli ekani aniqlandi.

✅ Natijada, nosoz muzlatgich uchun toʻlangan 14 970 000 so‘m pul miqdori fuqaroni plastik kartasiga toʻliqligicha o'tkazib berildi.

⚖️ Agar xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa, isteʼmolchi oʻz huquqlarini bilishi va ularni qonuniy tartibda himoya qilishi muhimdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening