Выберите язык

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan iste’molchilarning murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Jumladan, Toshkent shahri Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Y. tomonidan Federatsiyaning “Ishonch raqami” orqali murojaat yo‘llangan. Murojaatda iste’molchi  Abu Saxiy bozori hududida joylashgan savdo do'konidan 1 800 000 so'm qiymatidagi telefon qurilmasini xarid qilganligini hamda telefon nosoz bo'lganligi sababli do'konga qaytarib berganini va do'kon tomonidan almashtirib berilgan telefonning ekran qismi almashtirilganligidan norozilik bildirib, to'lagan pul mablag'larini qaytarib olishda amaliy yordam so'ragan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi hodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli tartibda savdo subyektiga murojaat qilinib, masala amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Natijada, fuqaroning murojaati yuzasidan Abu Saxiy bozori hududida joylashgan savdo do'koni tomonidan  iste’molchining talabi qanoatlantirildi. Olib borilgan ishlar yakunida fuqaro foydasiga 1 million 800 ming so‘m mablag‘ qaytarilishiga erishildi.
Mazkur holat iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Federatsiya tizimi tomonidan olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qonuniy asosda ko‘rib chiqish hamda nizolarni ijobiy hal etish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom etmoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi fuqarolarni o‘z huquqlarini himoya qilishda faol bo‘lishga, muammoli holatlarda esa Federatsiyaning ishonch telefonlari va hududiy tuzilmalariga murojaat etishga chaqiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening