Выберите язык

Kitob tumanida salkam 4 million so'mlik nosoz televizor muammosi iste'molchi foydasiga hal etildi

Zamonaviy oila hayotida televizor nafaqat dam olish va ko‘ngilochar kontent manbai, balki muhim axborot olish vositasi ham hisoblanadi. 

Ayniqsa, yangi xarid qilingan texnika uzoq yillar davomida sifatli xizmat ko‘rsatishi kutiladi. Biroq ba’zida iste’molchilar yangi sotib olingan mahsulotning qisqa muddat ichida ishdan chiqishi va servis xizmatining o‘z vaqtida ko‘rsatilmasligi bilan duch kelishadi. 

Bunday holatlarda iste’molchi huquqlarini bilish va ularni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumotda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida istiqomat qiuvchi  fuqaro J.X. “Baxt” savdo majmuasidan 3 600 000 so‘mga “Liomax” rusumli televizor xarid qilgan.

Oradan 15 kun o‘tgach televizor nosoz holga kelib  ishlamay qolgan. Ammo fuqaro servis xizmatiga murojaat qilganiga qaramay, fuqaroni tinglashmagan.

Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro  iste’molchi 1091 ishonch telefoni orqali Kitob tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati xodimlari savdo majmuasiga borib, masalani atroflicha o‘rganib do'koni rahbari va fuqaroga qonuniy tushuntirishlar olib borildi.

Fuqaroga servis xizmati ko‘rsatilib, muammo iste’molchi foydasiga hal etildi va murojaat ijobiy yakun topdi.

Har bir iste’molchi sifatli mahsulot olish va kafolat muddati davomida to‘liq servis xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

Agar xarid qilingan texnika nosoz chiqsa yoki servis ko‘rsatilmasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang.

Qonun siz tomonda va himoya tizimi ishlaydi. Adolatli yechim uchun faol bo‘ling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening