Выберите язык

Kitob tumanida sifatsiz erkaklar kostyumi bo'yicha kelib tushgan murojaat adolatli yakun topdi

Rasmiy kiyim, xususan kostyum-shim, insonning tashqi qiyofasi va o‘zini ishonchli his qilishida muhim o‘rin tutadi. 

Uni xarid qilganda sifat, tikuv ishi va materialning mustahkamligi alohida ahamiyatga ega. 

Biroq ba’zida yangi sotib olingan kiyim sifatsiz chiqib, do‘kon tomonidan qaytarib olish yoki pulni qaytarish rad etilishi kuzatiladi. 

Bunday vaziyatlarda iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilishi zarur.

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi fuqaro J.O. erkaklar kiyim do‘konidan kostyum-shim xarid qilgan. Kiyim sifatsiz ekanligi aniqlangach, fuqaro do‘konga murojaat qilib, tovarni qaytarib olishni so‘ragan. 

Ammo do‘kon xodimlari uning murojaatini rad etgan va hatto tinglashni ham istamagan.

Bu holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi Kitob tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Jamiyat mutaxassislari masalani o‘rganib, do‘kon rahbariyati bilan muzokara olib borishdi.

Sifatsiz kiyim uchun to‘langan pul to‘liq qaytarib berildi va iste'molchi murojaati ijobiy yakun topdi.

Har bir iste’molchi sifatli mahsulot olish va nosoz tovarni qaytarish huquqiga ega. 

Agar xarid qilingan kiyim sifatsiz chiqsa va do‘kon rad javobini bersa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang. 

Qonun siz tomonda — adolatli yechim uchun faol bo‘ling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening